10:43 / 09.02.2021
4 427

11 yil qurilgan koshona «snos»ga tushdi (foto)

11 yil qurilgan koshona «snos»ga tushdi (foto)
Foto: «Instagram»
Fransiyaning Grass shahrida britaniyalik millioner Patrik Diter qurgan 64 million dollarlik uy, sud qaroriga ko‘ra, buzilishga tushdi. Bu haqda «The Insider» xabar berdi.

Uy qo‘riqlanadigan o‘rmon zonasida ruxsatsiz qurilgan, uzoq yillar davom etgan mojarodan so‘ng, Oliy sudning yakuniy qarori shu bo‘ldi. Sud hukmini bajarish uchun Diterga 18 oy muhlat berilgan.

Bu hududda qurilish ishlari taqiqlanganini bila turib uyni tiklashda davom etganiga millionerning o‘zi ham iqror bo‘lgan.

Qurilish oz emas ko‘p emas naq 11 yil (2000—2011 yillar) davom etgan va 64 million dollar sarflangan. Bitgan uyda bir nechta launj zona (dam olish zonasi), kutubxona, XV asrga mansub kamin, vino saqlanadigan yerto‘la, italyancha bog‘ga olib chiquvchi oshxona bor. Unga 36 nafargacha mehmonni joylashtirish mumkin.
[media=https://www.instagram.com/p/CDV0aMpBLVn/?utm_source=ig_embed]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 11 yil qurilgan koshona «snos»ga tushdi (foto)