Isroil universiteti olimlari qon testini ishlab chiqdilar, ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘n yil ichida deyarli barcha saraton tekshiruvlarini almashtirish mumkin.
Universitetning ilg‘or DNK sinovi allaqachon 1000 kishiga sinovdan o‘tkazilgan, ushbu usul tahlil qilingan va nufuzli ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Xususan Nature Biotechnology jurnalida nashr etilgan.
Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya butun tanada yurib borishi bilan qondan barcha organlar va to‘qimalardan ma’lumotni ajratib oladi. Sinov kasallikni dastlabki bosqichida aniqlash orqali saraton sonini keskin kamaytirishi mumkin.
«Qonda saratonni aniqlay oladigan «suyuq biopsiya» allaqachon mavjud, ammo bu usul hali keng tarqalmagan, faqat saratonning joylashishini ko‘rsatmadi. Bizning texnologiyamiz nafaqat o‘sma borligini, balki uning tanadagi aniq joylashishini ham aytib berishi mumkin. Shuningdek, u shifokorlar bemorlarga qanday muolaja qo‘llashi kerakligi haqila ma’lumot beradi», dedi Isroil universiteti bioinjiniring markazi doktori Ronen Sadex Times of Israel gazetasiga.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, o‘n yil ichida odamlar saraton kasalligini hamda o‘z a’zolari sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun muntazam ravishda o‘tkazadigan testni ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.
Yangi usul Isroil va Qo‘shma Shtatlarda 1000 kishida sinovdan o‘tkazildi va natijalar an’anaviy usullar yordamida tashxis qo‘yadigan shifokorlarning natijalariga mos keladi. Doktor Sadex ushbu test biopsiya, mamogramma, kolonoskopiya va saratonni aniqlash uchun hozirda olib borilayotgan boshqa turli xil muolajalar o‘rnini bosa olishi mumkinligiga amin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi