
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovni sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri lavozimidan ozod qilib, bosh vazir o‘rinbosari etib tayinladi, deb xabar berdi ORIENT axborot agentligi.
Mamlakat prezidenti hukumat tarkibiga Vazirlar Mahkamasi raisining yana bir rais o‘rinbosari lavozimini joriy qildi va uni Davlat xavfsizlik kengashiga kiritib, Oliy nazorat palatasi raisi etib tayinladi. Bu lavozimga Serdar Berdimuhamedov tayinlandi.
Bosh vazirning yangi o‘rinbosari, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimida, moliya-iqtisodiy sektorda va ijtimoiy sohada raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish uchun javobgar bo‘ladi.
Prezidentning yangi lavozim maqomi to‘g‘risidagi farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasida Nazorat bo‘limi tashkil etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar