1 723
Matematik: «Butun dunyodagi koronavirusning barcha zarralari bitta kola idishiga sig‘adi»
Foto: News.sky
Britaniyalik matematik Kit Yeyts hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab tarqalgan koronavirusning barcha zarralari 0,33 litrli hajmdagi idishga sig‘ishini hisoblab chiqdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Bata universitetining matematika bo‘yicha mutaxassisining aniqlashicha, dunyoda bir vaqtning o‘zida ikki kvintillionga yaqin SARS-CoV-2 virusining zarralari tarqalgan.
«So‘nggi yilda sodir bo‘lgan uzilishlar, qiyinchiliklar, qurbon bo‘lgan insonlar va qolgan barcha muammolar bir nechta qultum sababli ekanligini o‘ylash hayratlanarli», — deydi u.
Yeyts o‘zining hisob-kitoblari bosqichini izohlar ekan, SARS-CoV-2’ning diametridan foydalanganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, virus zarrasining diametri 100 nanometrga yoki bir metrning 100 milliarddan bir ulushiga teng. Shundan so‘ng virusning sferik hajmi hisoblangan.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, oqsil-qobiqlar va sferik zarralar orasida masofa borligi hisobga olingan taqdirda ham, ularning barchasi 330 millilitrli idishga bemalol sig‘a oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi