08:00 / 14.02.2021
2 238

Isroil harbiy razvedkasi qanday faktlari bilan e’tiborli?

Isroil harbiy razvedkasi qanday faktlari bilan e’tiborli?
Foto: Google Photos
The Haarez nashrining Isroil harbiy razvedkasi hisobotlariga tayanib, e’lon qilgan maqolasida Eron keyingi ikki-uch yil mobaynida atom bombasini yaratish imkoniga ega bo‘lishi haqida yozadi.

Isroil harbiy razvedkasi hisobotida Eronning atom bombasini yaratishi deyarli tayyor bo‘lganligi, buning uchun esa bir necha detallar yetmayotganligini ham tilga olinadi. Agarda Tehron 40 kilo uranni 90 foizga boyitishni uddasidan chiqa olsa, u holda Eron ham dunyoning navbatdagi yadro qudratiga ega mamlakatlar qatoriga kirishi mumkin va buning uchun 2-3 yil vaqt talab qilinadi. Eron ayni paytda atom bombasini portlatishga imkon beruvchi mexanizmlar va raketa tashuvchilar ustida ish olib bormoqda. Bu ikki masala ijobiy hal etilsa, Eron o‘z maqsadiga yetishi mumkin.

Mutaxassislar nazarida, Eron yadroviy dasturining kechikishiga o‘tgan yilning noyabr oyida eronlik fizik yadroshunos Muhsin Faxrizodaning Isroil maxfiy xizmatlari tomonidan o‘ldirilishi sabab bo‘ldi. Faxrizoda Eron yadro dasturining barcha bosqichlariga yetakchilik qilib keldi va uning jismonan yo‘q qilinishi oqibatida ayni paytda Eron hukumati uning o‘rnini bosa oladigan mutaxassis topishda qiyinchiliklarga uchramoqda.

O‘tgan seshanba kuni Eron tashqi ishlar vaziri Eron davlat televideniyesida chiqishi chog‘ida agarda g‘arb Eronga nisbatan e’lon qilingan iqtisodiy jazo choralarini bekor qilmaydigan bo‘lsa, Eron hukumati yadro qurolini yaratishda davom etishi mumkinligini bildirdi. Eron yadro bombasini qo‘lga kiritishga harakat qilayotgani Isroil uchun xavf tug‘diradi. Eronlik yuqori martabali shaxsning yadro dasturini o‘zgartirish borasidagi seshanba kungi chiqishi Eron siyosiy hayotida kamdan kam uchraydigan holatlardan biri. Shart esa Eronga nisbatan joriy qilingan xalqaro sanksiyalarning bekor qilinishidir.

Baydenning hokimiyatga kelish arafasida matbuotda AQSHning Eronga nisbatan diplomatiyasi o‘zgaradi degan mulohazalar ham urchidi, biroq AQSH hukumati yaqinda Eronni yadro dasturi borasida muzokaralar stoliga qaytarish uchun Eronga nisbatan qo‘llanilayotgan sanksiyalarni bekor qilmasligini ma’lum qildi. Eron esa anchadan beri mamlakatdagi yadro dasturi faqat tinch maqsadlarda foydalanilajagini bildirib keladi.

Isroil razvedkasi esa Eron 2015 yildan beri imzolangan shartnomalarni buzib yoki bajarmasdan kelmoqda. Isroil harbiy razvedkasi general mayori Tamir Hayman fikricha, Eron hukumati yadro masalasidagi vaziyatdan mamlakatning ayni paytda boshidan kechirayotgan moliyaviy inqirozni bartaraf qilishda foydalanmoqchi va shu yo‘l bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga intilmoqda.

Shunday ekan, 2021 yil Yaqin Sharq masalasida qandaydir strategik o‘zgarishlar bo‘lishiga umid beradi. Eron ham, Hizbulloh ham iqtisodiy jazo choralarini olib tashlanishidan umidvor bo‘lsa, Falastin Jo Baydenning quvvatlovidan umid qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil harbiy razvedkasi qanday faktlari bilan e’tiborli?