1 636
Angela Merkel insoniyat qanday shart bilan koronavirus ustidan g‘alaba qozonishini ma’lum qildi
Germaniya kansleri Angela Merkelning fikricha, koronavirus pandemiyasini yengish uchun Yerning butun aholisi emlanishi kerak. Bu haqda u 19 fevral, juma kungi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».
Merkelning so‘zlariga ko‘ra, sayyoradagi barcha odamlar emlanganidan so‘ng koronavirus pandemiyasi mag‘lub bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, virusning muttasil tarqalishi uning mutatsiyasiga yordam beradi.
«Yangi mutatsiyalar vaksina samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak, vaksinatsiyada hamma ishtirok etishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi kansler.
Shuningdek, u Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning barcha mamlakatlar o‘rtasida dori-darmonlarni teng taqsimlash mexanizmi — COVAX dasturi vaksinalarini tezroq qabul qilib olishi zarurligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, kanslerning ta’kidlashicha, boshqa mamlakatlarga yordam berish va hukumatning o‘z fuqarolariga g‘amxo‘rlik qilish mas’uliyati o‘rtasida muvozanat bo‘lishi kerak.
Yevropa Ittifoqi COVAX fondiga qo‘shgan hissasini ikki baravar — 500 milliondan 1 milliard yevrogacha oshirishini ma’lum qilgandi. Ammo ushbu tashabbus doirasida uchinchi dunyo mamlakatlariga vaksinalarni yetkazib berishni boshlash sanasi hali ham noma’lum.
Avvalroq rivojlangan davlatlar koronavirusga qarshi vaksinalarni o‘z ehtiyojlaridan ortiq hajmda sotib olayotgani haqida xabar berilgandi. Ayni paytgacha AQSH, Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Kanada va Yaponiya 3 milliard doza koronavirusga qarshi vaksina sotib olgan, bu ushbu mamlakatlar aholisini emlash uchun keragidan 1 milliard dozaga ortiq hisoblanadi.
Jo Bayden ma’muriyati esa kambag‘al mamlakatlar uchun koronavirusga qarshi emlash dasturiga 4 milliard dollar ajratishini ma’lum qilgan. «Vaksinalarni yetarlicha olganimizdan so‘ng ortiqchasini nochor mamlakatlarga hadya etish masalasini so‘zsiz ko‘rib chiqmoqchimiz. Bu virus tarqalishiga chek qo‘yishning yagona usuli», — degan edi AQSH Kongressi amaldorlaridan biri. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi