Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varankning ta’kidlashicha, Oyga missiyani ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda 2023 yilda Turkiya Oyga kemani yetkazadi, 2028 yilga esa ikkinchi bosqichning amalga oshirilishi belgilangan.
“Loyihaning birinchi bosqichi doirasida Oyga qattiq qo‘nishni amalga oshiramiz. Biz birinchi parvozni xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshiramiz. Biroq koinot qurilmamiz Oyga o‘zimizning noyob milliy raketamiz yordamida yetkaziladi”, deb ta’kidlab o‘tgan Varank.
Uning ta’kidlashicha, Turkiya koinot dasturi mamlakatni “koinot sohasidagi oliy ligaga” olib chiqishga qaratilgan. Vazir Turkiyada Oyga missiyaning muhim tashkil etuvchisi bo‘lgan gibrid dvigatellar texnologiyasi ishlab chiqilganini qo‘shimcha qilgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 fevralda milliy koinot dasturini taqdim etgandi. U o‘shanda Turkiyaning Oyga kema yuborish rejasi haqida ilk bor so‘z ochgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)