Hindiston shimolida turar-binosi qulashi natijasida 13 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtati Chandauli okrugida turar-joy binosi quladi. Times of India gazetasi xabariga ko‘ra, hodisa natijasida 13 kishilik oila halok bo‘lgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Yana bir bola esa og‘ir ahvolda shifoxonaga etkazilgan.
Erta tongda, oilaning barcha a’zosi uxlab yotgan vaqtda ro‘y bergan qulash sabablari o‘rganilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, uy shu yili qurib bitkazilgan, faqat so‘nggi qavatda so‘nggi ishlar davom etayotgan edi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing