Foto: Reuters
AQSH Rossiya rasmiy shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Xabar qilinishicha, jumladan, yetti nafar jismoniy shaxsga nisbatan cheklov choralari kiritiladi.
Qayd etilishicha, bu qarorga kelinishiga Aleksey Navalniyning "asabni falajlovchi modda" bilan zaharlangani va buning uchun aynan Rossiya javobgar ekanligi sabab bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin haftalarda kiberhujumlar uchun ham sanksiyalar e’lon qilinishi mumkin.
Avvalroq Yevroittifoq Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov, tergov qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bastrikin, jazoni ijro etish federal xizmati boshlig‘i Aleksandr Kalashnikov va Rosgvardiya qo‘mondoni Viktor Zolotovga nisbatan cheklov choralari joriy etgandi.
YEIning fikricha, ularning barchasi Aleksey Navalniyga nisbatan ayblov hukmi chiqarilishida javobgar hisoblanadi.
Qora ro‘yxatga tushgan amaldorlarga YEI mamlakatlariga kirish hamda Yevroittifoq mamlakatlaridagi banklarda pul mablag‘larini saqlash taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi