08:00 / 10.03.2021
1 764

AQSHning 12 ta shtati iqlim haqidagi farmon tufayli Jo Bayden ustidan sudga da’vo kiritdi

AQSHning 12 ta shtati iqlim haqidagi farmon tufayli Jo Bayden ustidan sudga da’vo kiritdi
Foto: Google Images
AQSHning 12 ta shtati prezident Jo Bayden ustidan aholining salomatligi va tabiatni asrash to‘g‘risidagi farmoni uchun sudga shikoyat kiritdi. Bu haqda Fox News nashriga tayanib «Kommersant’» xabar berdi.

Da’vogarlar federal hukumatning yangi vakolatlari oddiy fuqarolar uchun moliyaviy og‘irlik oshib ketishiga olib kelishidan xavotirda.

Issiqxona gazlarining umumiy «ijtimoiy xarajatlari», taxminan, 9,5 trillion dollarni tashkil qiladi. «Aslida ushbu ko‘rsatkich mashinalaridan tortib muzlatgich va uylargacha, oziq-ovqat va elektr energiyasi uchun to‘lovlargacha amerikaliklar hayotining har bir jabhasiga aralashadigan federal regulyatorlar kuchining kengayishini oqlash uchun ishlatiladi», — deyiladi da’voda.

Da’voni Missuri shtati bosh prokurori Erik Shmitt bergan. Unga Arkanzas, Arizona, Indiana, Kanzas, Montana, Nebraska, Ogayo, Oklahoma, Janubiy Karolina, Tennesi va Yuta shtatlari vakillari qo‘shilgan.

AQSH 19 fevral kuni Iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytdi. Vashington rasmiylari bu kelishuvga 2016 yilda qo‘shilgan, lekin 2020 yil Donald Tramp tashabbusi bilan bu kelishuvni tark etgan. U AQSHning kelishuvdagi ishtirokini mamlakat manfaatlariga zid deb hisoblagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning 12 ta shtati iqlim haqidagi farmon tufayli Jo Bayden ustidan sudga da’vo kiritdi