21:20 / 10.03.2021
1 865

Moskvada Porsche uchinchi qavat devorini teshib o‘tib, bino devorida osilib qoldi

Moskvada Porsche uchinchi qavat devorini teshib o‘tib, bino devorida osilib qoldi
Foto: «Moskva» agentligi
Moskvadagi turar joy komplekslaridan biridagi ko‘p qavatli avtoturargohda boshqaruvni yo‘qotgan Porsche Macan haydovchisi devorni teshib qo‘ydi. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida oq krossoverning old qismi uchinchi qavatdan chiqib, yerdan bir necha metr balandlikda osilib qolgan, deb xabar beradi Motor.

Noodatiy avariya 9 mart kuni tongda Kolomensk ko‘chasidagi «River Park» turar joy majmuasining avtoturargohida sodir bo‘lgan. Macan binoning tashqi panelini to‘liq teshib o‘tgan va old g‘ildiraklari bilan tashqariga chiqib qolgan.

Telegram’dagi Life Shot kanalining ma’lumotlariga ko‘ra, krossover «Nefteximik» xokkey klubining sobiq o‘yinchisi Denis Kazinovga tegishli. Avariya joyidan olingan suratlarga ko‘ra, Porsche haydovchisiga jarohat yetmagan.

Foto: «Moskva» agentligi
Macan’ning parking devori bilan to‘qnashuviga aynan nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum — faqatgina haydovchi boshqaruvni eplay olmagani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada Porsche uchinchi qavat devorini teshib o‘tib, bino devorida osilib qoldi