Foto: «TASS»
Sayohat qilish uchun eng yoqimsiz mamlakatlar sifatida sayyohlar chegaradan o‘tgandan keyin karantinda bo‘lish talab etiladigan davlatlarni ko‘rsatdi. Bu haqda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining (IATA) rasmiy sayti xabar berdi.
To‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, sayyohlarning 84 foizi hech qachon o‘zini yakkalashni talab qiladigan mamlakatlarga borishni istamaydi. Ular orasida Chili, Peru, Janubiy Koreya, Tailand, Polsha, Tunis va boshqa davlatlar bor.
Shuningdek, tadqiqot davomida aniqlanishicha, so‘rovnomada qatnashganlarning 57 foizi keyingi ikki oy ichida sayohat qilishni rejalashtirmoqda, 81 foizi esa vaksinatsiyadan keyin sayohat qilishga tayyor ekanini aytdi.
Shu bilan birga, sayyohlarning 68 foizi mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanish imkoniyati yo‘qligi sababli hayot darajasi yomonlashganini ta’kidladi. Masalan, sayyohlarning 40 foizining ta’kidlashicha, dam olish uchun sayohatga bora olmaslik ularning psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, respondentlarning uchdan biri qismi aytishicha, chegaralar yopilishi sababli ularning biznesi zarar ko‘rgan.
«Hozirda hamma uchun asosiy ustuvor masala — COVID-19 pandemiyasi davrida xavfsizlik. Ammo biz chegaralarni ochish, xatarlarni boshqarish va odamlarga o‘z hayotlarida yashash imkoniyatini berish yo‘lini belgilashimiz muhim hisoblanadi», — deb ta’kidladi IATA bosh direktori Aleksandr de Juniak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi