Foto: «Osnmedia.ru»
Amerikalik olimlar koronavirusning tarqalishida asosan keksalar va to‘ladan kelgan odamlarni ayblashmoqda. Bu xulosaga ular chiqargan nafas zarralarini o‘rganish natijasida kelingan.
Tadqiqotga tayanib «Izvestiya»ning yozishicha, yoshi kattalar va tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan kishilar respiratorli tomchilarni boshqalarga qaraganda ko‘proq chiqarisharkan.
194 nafar sog‘lom odamning chiqargan havo zarralari tekshirilganda aerozol zarralari miqdori ko‘pligi aniqlangan, deyiladi PNAS.org saytida chop etilgan maqolada.
Olimlar shuni aniqladilarki, tajriba ishtirokchilarning 18 foiziga (35 kishi) chiqarilgan aerozolning 80%i to‘g‘ri kelgan. Bu esa super tarqalish fenomenini tasdiqlaydi. Boz ustiga, bunda tana vazni va yosh muhim ahamiyat kasb etgan.
Boshqa mutaxassislarning fikricha, faqat vazn va yoshga qarab xulosa qilish noto‘g‘ri. Chunki shifokorlar tuzgan ro‘yxatga ko‘ra, virusli yuklama, infeksiya yuqish mexanizmi, bemorning immuniteti, boshqa patogenlar bilan qo‘shilib kelgan infeksiyalar va turli xil shtammlar kabi omillar tufayli virus tez tarqaladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi?
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi