14:37 / 18.03.2021
1 618

Viskonsinda ovcharka o‘z egasining mashinasini «minib qochib», galereyaga borib urildi

Viskonsinda ovcharka o‘z egasining mashinasini «minib qochib», galereyaga borib urildi
Foto: Facebook / The Pearl of Door County
Amerikaning Strejen-Bey shahrida (Viskonsin) Kelli laqabli Avstraliya ovcharkasi o‘z egasining mashinasini «minib qochdi», deb xabar beradi Meduza.

It mashinani uzoqqa haydab qochmagan — uni san’at galereyasi ko‘rinishidagi to‘siqlar to‘xtatib qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Kellining xo‘jayini mashinani qo‘l tormozini tortib, yaqin atrofdagi do‘konga kirib ketgan. It esa qandaydir usul bilan tormozni tushirib, bir necha metr harakatlangan va galereyaga urilgan. Avariya oqibatida hech kimga shikast yetmagani aytilmoqda.

Galereya joylashgan bino boshqaruvchisi avvaliga sodir bo‘lgan voqeaga ishonmagan va it egasining telefon orqali aytgan gaplarini noto‘g‘ri eshitdim deb o‘ylagan. Shundan so‘ng boshqaruvchiga bu hazil emasligini aytishgan.

Foto: Facebook / The Pearl of Door County
Galereya egasi sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa suratini Facebook’ka joylashtirib, agarda uning iti keyingi safar do‘stlarini chaqiradigan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda kirish eshigidan foydalanishlarini so‘rab hazillashgan. O‘z navbatida, kuchuk egasining ma’lum qilishicha, uning iti «hali-beri haydovchilik guvohnomasini qaytarib ololmaydi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Viskonsinda ovcharka o‘z egasining mashinasini «minib qochib», galereyaga borib urildi