00:30 / 22.03.2021
2 416

Avstraliyada suv toshqini tufayli aholi evakuatsiya qilinmoqda (video)

Avstraliyada suv toshqini tufayli aholi evakuatsiya qilinmoqda (video)
Foto: «Trend.az»
Avstraliyada Sidney shahridan g‘arbdagi suv toshqinidan jabr ko‘rgan tumanlar aholisini evakuatsiya qilish buyurildi, deb yozadi «Interfaks».

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati e’lon qilgan farmonlarda ushbu tumanlardagi odamlarga o‘zlari bilan uy hayvonlari va eng zarur buyumlarni olib, qarindoshlari yoki do‘stlarining uylariga ketish buyurilgan.

«Agar siz bu hududda qolsangiz, elektr, suv va boshqa zarur xizmatlarsiz tuzoqda qolib ketasiz», — deyiladi evakuatsiya haqidagi buyruq matnida.

Mintaqada bir necha kunlardan buyon tinmasdan jala quymoqda. Kuchli yomg‘ir 24 mart kuni ertalabgacha davom etishi kutilmoqda. Yangi Janubiy Uels hamda Sidney yaqinidagi g‘arbiy tumanlarda daryolar qirg‘og‘idan toshib chiqdi. Sidneydagi asosiy suv manbai — Varragamba to‘g‘onida esa 20 mart kuni suv toshib chiqishni boshladi, bu Nepin va Xoksberi daryolarida suv sathi ko‘tarilishiga olib keldi. Meteorologiya byurosi butun shtat bo‘ylab daryolar toshishi haqida ogohlantirdi.

Federal hukumat mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga ega tumanlar uchun tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilishda moliyaviy yordam berilishini e’lon qildi. Sidney va Yangi Janubiy Uelsda favqulodda ob-havo sharoitlari tufayli COVID-19’ga qarshi emlash kechiktirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada suv toshqini tufayli aholi evakuatsiya qilinmoqda (video)