
Foto: «Kremlin.ru»
Dam olish kunlarini Sibirdagi tayga (ignabargli qalin o‘rmon)da o‘tkazayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu yo‘ltanlamasda kezmoqda va piyoda sayr qilmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».
Uning aytishicha, Shoygu Putinni o‘zining yog‘ochdan turli buyumlar yasaladigan ustaxonasiga taklif qilgan. Kreml prezident va mudofaa vazirining sayohati aks etgan fotosuratlar bilan bo‘lishdi.

Foto: «Kremlin.ru»

Foto: «Kremlin.ru»

Foto: «Kremlin.ru»
Rossiya prezidenti Sibir o‘rmonlariga tez-tez safar qilib turadi. Xususan, 2018 yilda Sergey Shoygu va federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov bilan birga tog‘da sayr qilgan, shanba va yakshanba kunlarini Yeniseyda o‘tkazgan edi.

Foto: «Kremlin.ru»

Foto: «Kremlin.ru»

Foto: «Kremlin.ru»
2017 yilda esa Sergey Shoygu, shuningdek, Tuva rahbari Sholban Kara-ool va Xakasiya rahbari Viktor Zimin hamrohligida tog‘ ko‘llarida baliq tutgan, daryolarda motorli qayiqlarda yurgan, kvadrosiklda va piyoda tog‘dan tog‘ga ko‘chib yurgan.

Foto: «Kremlin.ru»

Foto: «Kremlin.ru» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar