12:05 / 26.03.2021
1 528

Facebook asoschisi Sukerberg internetni isloh qilishni taklif etdi

Facebook asoschisi Sukerberg internetni isloh qilishni taklif etdi
Foto: Reuters
Facebook bosh direktori Mark Sukerberg internet qoidalarini isloh qilish bo‘yicha qadamlarni tushuntirib berdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Hukumat rasmiylari tomonidan koronavirus pandemiyasi hamda 2016 va 2020 yildagi AQSH prezidentligiga saylovlar haqidagi noto‘g‘ri axborot uchun tanqid qilingandan keyin Facebook, Twitter va Google bosh direktorlari virtual tinglov doirasida Kongress oldida chiqish qildi. Tinglovning asosiy mavzulari noto‘g‘ri axborotga qarshi kurashish va «Kommunikatsiyalardagi tartib to‘g‘risida»gi qonunning 230-bo‘limi bo‘ldi.

230-bo‘lim — bu 1996 yilda qabul qilingan qonunchilik akti. U Facebook kabi kompaniyalarga foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan kontent uchun daxlsizlik huquqini beradi.

Prezident Jo Bayden saylovoldi kampaniyasi chog‘ida 230-bo‘limni bekor qilish yoki qayta yozishni taklif qildi. Sukerberg esa oxirgi variantni qo‘llab-quvvatladi. Vakillar palatasining energetika va savdo bo‘yicha kichik qo‘mitalaridagi tinglov uchun tayyorlangan guvohlar ko‘rsatmasida u qonun chiqaruvchilarni 230-bo‘lim ta’minlaydigan himoya faqat noqonuniy kontentni aniqlash va uni yo‘q qilish tizimlariga ega platformalar uchun amal qilishi kerak, degan taklifni bildirdi.

Sukerbergning fikriga ko‘ra, texnologik platformalar o‘zining algoritmi tarkibiga kirmaydigan kontentlarning istalgan qismi uchun javob berishga majbur bo‘lmasligi kerak.

Boshqa tomondan, uning taklifi kichikroq platformalarni istisno qiladi, chunki texnologik gigantlar kabi ularning aksariyati bir xil filtrlash va moderatsiya vositalarini yaratish uchun resurslarga ega bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Facebook asoschisi Sukerberg internetni isloh qilishni taklif etdi