Foto: Egypt Today
2021 yil 3 aprel kuni Misrda birinchi bor «Fir’avnlarning oltin paradi» bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida fir’avn va podshohlarning yigirmadan ortiq mumiyosi Qohira ko‘chalari bo‘ylab maxsus aravalarda olib o‘tiladi. Marosim Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi oldida yakunlanadi, deb xabar beradi Motor.
«Fir’avnlarning oltin paradi» eramizdan oldingi 1580—1550 yillarda qadimiy mamlakatni boshqargan Misr podshohlik oilasining 17-sulolasi sharafiga o‘tkazilmoqda. Tadbirda 18 ta fir’avn va to‘rtta podshoh mumiyosi ishtirok etadi. Hukmdorlar qoldiqlari Qohira ko‘chalari bo‘ylab azot bilan to‘ldirilgan kapsulalarda, hashamatli arava ko‘rinishidagi maxsus yopiq transport vositalarida olib o‘tiladi.
Parad avtomobillar maksimal darajada g‘ayrioddiy usulda yaratilgan. Ulkan aravalar oltin va qora bezaklar bilan qoplangan, transport vositasining oltin rangidagi g‘ildiraklariga Misrning an’anaviy bosh kiyimlari va taqinchoqlarini yodga soluvchi «kolpak»lar joylashtirilgan. Kuzov o‘lchami, g‘ildiraklar bazasi, shuningdek, kabinaning mavjudligi inobatga olinadigan bo‘lsa, aravalar og‘ir yuk mashinasi bazasida yaratilganini taxmin qilish mumkin. Har bir transport vositasida bir nechta tilda uning ichidagi hukmdorlar ismi yozilgan.
Foto: Egypt Today
Jarayonga otliq harbiy aravalar hamrohlik qiladi. Parad Nil daryosi bo‘yicha Tahrir maydonidan boshlanib, Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyida yakunlanadi. «Fir’avnlarning oltin paradi» 400 ta televizion kanal orqali translyatsiya qilinadi. Shuningdek, uni Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham kuzatish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi