Foto: «pixabay.com»
AQSHda mijoziga noqonuniy kosmetologik in’eksiya qilgani va bu uning o‘limiga olib kelganligi sababli ayol besh yilga qamaldi. Bu haqda «ABC News» xabar bermoqda.
1 aprel kuni dallaslik 49 yoshli Nitika Deonte Li 2015 yilda tungi klub raqqosasi Dayshi Fillipsning o‘limi tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi. Li 22 yoshli mijozning dumg‘azasiga suyuq silikon yuborgan. To‘rt kundan so‘ng silikon qonga tushib, o‘pkada tiqilib qolishi natijasida mijozi vafot etgan.
Ilgari talonchilik va o‘g‘rilik uchun qamalib chiqqan Liga Fillipsning o‘limidan bir necha oy o‘tgach ayblov e’lon qilingan. Biroq besh yil davomida u jazodan qochib yurgan. U ma’lum vaqt Meksikada yashagan. 2020 yil iyul oyida Dallas politsiyasi tomonidan hibsga olindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi