1 584
Iordaniyada to‘ntaruvga urinishda gumon qilinayotgan shahzoda podshohni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Hamza ibn Husayn / Foto: Reuters
Iordaniyaning sobiq valiahd shahzodasi, davlat to‘ntaruviga urinishda gumon qilinib uy qamog‘iga olingan Hamza ibn Husayn akasi – Iordaniya podshohi Abdulla IIni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi maktubni e’lon qildi.
Iordaniya poytaxti Ammonda 4 aprelga o‘tar kechasi davlat to‘ntaruviga urinishning oldi olingani ma’lum qilingandi. Ushbu voqealar yuzasidan podshohlik oilasi a’zosi Sharif Hasan bin Zayd va podshoh Abdulla IIning sobiq maslahatchisi Bassam Avadalla hamda bir qator yuqori lavozimli amaldorlar hibsga olingan. Shuningdek, podshohning ukasi Hamza ibn Husayn uy qamog‘iga olingani ma’lum qilgandi. Keyinroq u audioyozuvda armiyaning sukut saqlash haqidagi buyrug‘iga bo‘ysunmasligini aytgan.
9News nashrining xabar berishicha, podshohlik saroyi Twitter-akkauntida shahzodaning podshoh atrofida birlashishga chaqiruvchi maktubi e’lon qilingan.
“Oxirgi 2 kunda yuz bergan voqealar ortida men o‘zimni oliy hazratlari qo‘liga topshiraman va ajdodlarimiz o‘giti, ularning merosiga hamisha sodiq bo‘lib qolaman. Men Iordaniya Hoshimiylar podshohligi konstitutsiyasiga sodiq qolaman va hamisha podshoh hazratlarini qo‘llab-quvvatlayman”, deb yozgan shahzoda o‘z maktubida.
Shahzoda maktubning chap pastki burchagida hozirda o‘z amakisi – shahzoda Hasan uyida ekanini yozgan.
“Milliy manfaatlar hamma narsadan ustun bo‘lishi kerak va barchamiz podshoh hazratlarining Iordaniya va uning manfaatlarini himoyalashdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashimiz hamda Iordaniya xalqi uchun eng yaxshi narsalarni ta’minlashimiz lozim”, deb qo‘shimcha qilgan shahzoda.
Podshoh Abdulla II shahzoda Hamzani 2004 yilda valiahd shahzoda maqomidan mahrum etib, ushbu maqomni hozirda 26 yoshda bo‘lgan o‘g‘li Husaynga bergan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi