Business Insider’ning yozishicha, Gyunter Lemanning boyligi 3,3 mlrd dollarga baholanadi. U o‘g‘li 14 yosh bo‘lganda unga biznesidagi ulushini bergan. Biroq Kevin balog‘at yoshiga yetmaguncha o‘z ulushini o‘zi istagancha boshqara olmagan. Endi esa u rasman Drogerie Markt dorixonalar tarmog‘ining 50 foizini meros qilib oldi.
Drogerie Markt 1974 yilda tashkil etilgan va hozirda Germaniyadagi yetakchi dorixonalar tarmog‘i hisoblanadi. Kompaniya saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tarmoq 2 mingdan ko‘proq dorixonaga ega va unda 40 mingdan ko‘proq odam ishlaydi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, ota-bola kompaniya boshqaruvida faol ishtirok etmaydi va oshkora hayot tarzi olib bormaydi. Business Insider ulardan izoh olishning uddasidan chiqmagan.
2021 yilning eng yosh milliarderlari ro‘yxatida 2-o‘rinni Van Szelong egalladi. 24 yoshli xitoylikning boyligi 1,5 mlrd dollarga baholanmoqda. 3- va 4-o‘rinlarni norvegiyalik opa-singil – 24 va 25 yoshli Aleksandra va Katarina Andresen egallamoqda. Ulardan har birining boyligi 1,4 mlrd dollarni tashkil qiladi. Ular Ferd oilaviy kompaniyasida ulushga ega.
Forbes ro‘yxatiga boyligi 1 mlrd dollardan ko‘proq odamlar kiritiladi. Nashrning yangi reytingiga ko‘ra, hozirda dunyoda har qachongidan ko‘proq milliarder bo‘lib, ular 2755 nafarni tashkil qilmoqda. Dunyo milliarderlarining boyligi bir yil ichida 8 trln dollarga ko‘payib, hozirda 13,1 trln dollarni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi