NATO aralashuvi tufayli Ukraina janubi-sharqida bir necha viloyatlardan ajralib qolishi mumkin, dedi Ukraina Xavfsizlik xizmati sobiq general-mayori Vasiliy Vovk "Nash" telekanali efirida.
“NATO ishtirokisiz biz ushbu urushda g‘alaba qozona olmaymiz. Buni hamma biladi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, agar biz NATOga kirsak NATO Rossiya bilan urushga tayyormi? Menimcha buning ehtimoli kam”, - dedi sobiq general.
“NATO tufayli eng yomon ssenariy sodir bo‘lishi mumkin. Biz ularni chap qirg‘oqqa olib kiramiz, keyin esa ular Gruziyada bo‘lganidek, kechirasizlar, biz chekinamiz deb ortga qaytadi. Oqibatda Xarkov, Donetsk, Xerson, Nikolayev viloyatlari tashqarida qoladi", — dedi Vovk.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kundan beri NATO harbiy samolyotlari Ukraina hududiga qandaydir yuklarni tashib kelmoqda. Biroz oldin esa Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi vaziyatni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan muhokama qilganini va uni faqat NATO yordamida hal qilish mumkinligini xabar qilgan edi.
Rossiya ehtiyot chorasida o‘z qo‘shinlarini Ukraina bilan chegaraga yaqin hududlarga olib kelmoqda. So‘nggi bir necha kun davomida esa butun Rossiya bo‘ylab harbiy kuchlarning barcha bo‘linmalarida o‘quv mashg‘ulotlari va qo‘shinlar tayyorligini tekshirish mashqlari bajarilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi