
Foto: Pixabay
AQSHning Shimoliy Karolina shtatida tog‘da sayr qilib yurgan erkak 300 metr balandlikdan yiqilib tushdi. Baxtli tasodif tufayli amerikalik omon qolgan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Ko‘ngilsiz hodisa 4 aprel kuni Blu-Rij bulvari yaqinida sodir bo‘lgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, erkak Pisga o‘rmonidagi Shifernoy qoyasidagi jarlik tepasidan yiqilib tushgan.
Qutqaruvchilar voqea joyida olti soat davomida ish olib borgan. Unchalik og‘ir bo‘lmagan jarohatlarni olgan jabrlanuvchi tez orada oyoqqa turib, uyiga yo‘l olgan.
«Bizning baholashimizda, u dumalab, deyarli 1000 fut, ya’ni 304 metr balandlikdan yiqilgan», — deydi Transilvaniya qutqaruv xizmatidagilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar