
Foto: «English.alarabiya.net»
Nyu-Dehlida politsiya maymunlarga o‘tkinchi yo‘lovchilardan narsa o‘g‘irlashni o‘rgatayotgan ikki kishini hibsga oldi. Velorikshada o‘g‘irlikka duch kelgan mahalliy advokat firibgarlarga qarshi ariza yozgan, deya xabar bermoqda Al Arabiya.
Ta’kidlanishicha, huquqshunos kompaniyalardan biridan rikshada ketayotganda jonivorlar qanday qilib cho‘ntagidan olti ming rupiyasini o‘g‘irlaganini payqab qolgan. So‘ngra maymunlar bilan birga erkaklar qochib ketishayotganini ko‘rib qolgan.
Huquq-tartibot idoralari ulardan ikkitasini avtobus bekatida qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchinchi jinoyatchi qochishga ulgurdi. Shundan so‘ng maymunlar hayvonlarni qutqarish markaziga yuborildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar