O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV "Dunyo" axborot agentligi.
Hujjat 2019 yil 15 aprelda Toshkent shahrida imzolandi. Qozog‘iston uni bir yildan so‘ng, O‘zbekiston - 2021 yil mart oyida ratifikatsiya qildi.
Bitim qo‘shni ikki davlat o‘rtasida noqonuniy mehnat faoliyatini oldini olish, migrantlar uchun mehnat faoliyati tartibi va ularga maosh to‘lashni tartibga solishni nazarda tutadi.
Bitim asosida mehnat migrantlariga jarohat, kasallik yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi vaqtida sog‘liqqa yetkazilgan zarar tufayli xodimga kompensatsiya, bepul kafolatlangan tibbiy yordam taqdim etiladi.
Bundan tashqari, mehnat migrantlari pedagogik, tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanganda, ular qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibidan o‘tadilar. Bitimda pensiya va ijtimoiy ta’minot ham ko‘zda tutilgan.
Rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 1,6 milliondan ortiq odam (iqtisodiy faol aholining 20 foizga yaqini) O‘zbekistondan tashqarida ishlaydi, Rossiyada 1,1 million, Qozog‘istonda - 200 mingdan ortiq fuqaro. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi