3 569
Arab «Zolushkasi» va shahzoda: Saudiya Arabistoni qirolining o‘g‘li — Naifning to‘yi qanday o‘tdi?
Foto: Marie Claire
Marosim so‘nggi paytlardagi boshqa qirollik to‘ylari singari pandemiya bilan bog‘liq cheklovlarga muvofiq bo‘lib o‘tgan. Unda juftlikning yaqinlari ishtirok etgan, xolos. Koronavirus yuqishining oldini olish maqsadida xavfsizlik choralariga rioya qilingan.
Juftlikning unashtiruvi 2020 yil 5 iyulda bo‘lib o‘tgan. Shundan keyin shahzoda va uning ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan arab «Zolushkasi» deb ta’rif berilgan rafiqasi munosabatlarini yaqinlari qarshisida rasman mustahkamlash uchun imkon kutgan.
Unashtiruv marosimi uchun Sharifa bel qismiga urg‘u berilgan «zapaxli» libos va taqinchoq tanlagan. Hazrati oliylari bo‘lsa ko‘k kostyum-shim bilan bo‘yinbog‘ taqishni afzal bilgan.
To‘y kuni esa juftlik biroz konservativroq obrazda ko‘rinish berishni ma’qul bilgan. Kuyov qora kostyum va oq ko‘ylak, kelin esa och yashil, plissirovkali libos kiygan. Ba’zi suratlarda esa uning boshida libos rangidagi ro‘mol borligini payqash mumkin. Shuningdek, suratlarda yoshlarning ota-onasini ham ko‘rish mumkin.
Naif — Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz Al Saud va uning uchinchi rafiqasi Fahda bint Falahning farzandi. Naifdan tashqari, juftlikning besh farzandi, qirolning esa boshqa turmushidan yana besh nafar farzandi bor. Saudiya Arabistonining qiroli Britaniya qirolichasidan keyingi eng keksa monarx sanaladi.
Britaniyaning Brayton universitetida boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan shahzoda Naif ayni vaqtda
Data Analytica kompaniyasining ijrochi direktori hisoblanadi. Sharifa ham Angliyaning London universitetida sotsiologiya va mediakommunikatsiya yo‘nalishida o‘qigan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi