21:18 / 17.04.2021
2 483

«Soyuz MS-17» ekipaji 185 kundan keyin Yerga qaytdi


Foto: EPA
Bortida rossiyalik kosmonavtlar Sergey Rijikov, Sergey Kud-Sverchkov va NASA astronavti Ketlin Rubins bo‘lgan, Xalqaro kosmik stansiyadan (XKS) qaytayotgan «Soyuz MS-17» uchuvchisiz kosmik kemasi Qozog‘istonga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib "Daryo" xabar berdi.

Qo‘nish Qozog‘istonning Jezkazgan shahridan 147 kilometr janubi-sharqda joylashgan hududda amalga oshirildi.
Kosmonavtlar kemadan evakuatsiya qilinganidan keyin shifokorlar dastlabki tekshiruvlarni o‘tkazadi, qondagi kislorod miqdorini, qon bosimini aniqlaydi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Qo‘ngan kemani qidiruv-qutqaruv ishlarida «Moviy qush» amfibiya mashinasi, 12 ta Mi-8MTV5-1 vertolyoti, An-12 va An-26 samolyotlari, bir necha o‘nlab quruqlik texnikalari, 200 dan ortiq harbiylar hamda Markaziy harbiy okrugning qidiruv-qutqaruv guruhi mutaxassislari ishtirok etyapti.

11 aprelga o‘tar kechasi kosmik kema XKSdan ajralib chiqdi, taxminan tonggi soat yettida tormozlash uchun dvigatellar yoqildi va kosmik orbitadan chiqa boshladi.

Rijikov, Sverchkov va Rubinsning XKSga ekspeditsiyasi 2020 yilning 14 oktabrida boshlagan edi. Ekipaj 185 kun koinotda bo‘ldi, shu vaqt ichida bir qator ilmiy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazishga hamda stansiyani ta’mirlash ishlarini bajarishga, shu jumladan, rus segmentidagi havo sizib chiqishini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
Moskva vaqti bilan soat 08:45 da amalga oshirilgan start «Roskosmos»ning YouTube’dagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi. Soat 08:53 da «Soyuz MS-17» raketa tashuvchining uchinchi bo‘g‘inidan ajralgan va maqsadli orbitaga chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Soyuz MS-17» ekipaji 185 kundan keyin Yerga qaytdi