07:30 / 26.04.2021
2 327

AQSH va NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi


Foto: Getty Images
AQSH va NATOning bir qator davlatlari Afg‘onistondagi bir nechta bazadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Kobuldagi anjumanda AQSH va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Skott Miller ma’lum qildi.

«Biz bir qator bazalardan qo‘shinlarni olib chiqishni boshladik», deb ma’lum qilgan Miller. Uning aytishicha, qo‘shinlardan bo‘shaydigan bazalar keyinchalik Afg‘oniston hukumat kuchlariga topshiriladi.

Shu bilan birga, Miller «Tolibon» tomonidan zo‘ravonlik holatlari ko‘payayotganidan tashvish bildirgan va 1 maydan keyin ham bu holat davom etsa, «unda bu toliblarning xatosi» bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Vashington 1 maydan boshlab Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishini, ushbu jarayonni 11 sentabrgacha yakunlash rejalashtirilayotganini e’lon qilgandi.

AQSHning avvalgi ma’muriyati Afg‘oniston hukumati bilan amerikalik harbiylarni 2021 yil 1 maygacha olib chiqish bo‘yicha kelishib olgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo