Yangi Zelandiya pandemiya vaqtida yashash uchun eng yaxshi davlatlar reytingidagi yetakchilikni boy berdi. Bloomberg axborot agentligi tomonidan 2020 yil noyabrida birinchi marta e’lon qilingan reytingda endilikda Singapur eng yuqori pog‘onani egallamoqda.
Ta’kidlanishicha, Singapur koronavirusga qarshi samarali kurashmoqda va Yangi Zelandiyaga nisbatan aholini tezroq sur’atlar bilan emlamoqda.
Reytingda dunyoning eng yirik iqtisodiyotga ega davlatlaridagi vaziyat 100 ming aholiga koronavirusdan kasallanganlar soni, 1 mln aholiga o‘limlar soni, bir oyda COVID-19dan o‘lim darajasi, aholining emlangan qismi, vaksinalar taqdim qilingani, harakatlanish erkinligi kabi 10ta mezon bo‘yicha baholanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oxiriga kelib, Singapurda aholining 20 foizi emlab bo‘lingan, koronavirusdan o‘lim darajasi esa 1 mln aholiga bor-yo‘g‘i 5 kishini tashkil qilmoqda. Yangi Zelandiyada ham koronavirusdan o‘lim darajasi 1 mln aholiga 5 kishini tashkil qilmoqda, ammo 1,9 foiz aholigina emlangan.
Reytingning yetakchi o‘ntaligidan, shuningdek, Avstraliya, Isroil, Tayvan, Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA, Finlandiya va Hongkong joy olgan.
Reytingda keltirilgan davlatlar ichida eng yomon vaziyat Polsha va Braziliyada kuzatilmoqda. Ushbu davlatlar mos ravishda reytingning oxirgi ikki pog‘onasini egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi