08:34 / 30.04.2021
3 153

AQSH qancha kishini qirib tashlagan?..


AQSH prezidenti Jo Baydenning usmoniylar davridagi armanlarning ommaviy o‘limini genotsid deb tan olishiga javoban Turkiyaning Clash Report nashri AQSHning o‘zi 1800 yildan beri qancha kishining o‘limiga sababchi bo‘lganini hisoblab chiqdi. Ma’lumotlar nashrning Tvitterdagi sahifasida keltirilgan.

Qayd etilishicha, dastlabki qirg‘in Amerikada mahalliy aholini yo‘q qilishdan boshlangan. So‘ng XIX asrda qora tanlilar, XIX va XX asrlardagi urushlarda filippinliklar qirilgan.

AQSH 1945 yilda Xirosima va Nagasakiga atom bombasi tashladi, Koreya urushida to‘rt million kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Clash Report Eron, Gvatemala va Panamaga hujumlarni, Vetnam, Afg‘oniston, Suriyadagi urushlar va boshqa yana ko‘plab harbiy nizolarni eslab o‘tgan.

Nashrning hisob-kitobiga ko‘ra, oxirgi 300 yil ichida qariyb 1,2 milliard kishi AQSH agressiyalarining qurboniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Jo Baydenning 24 aprel kuni armanlarning 1915 yildagi ommaviy o‘limini genotsid deb tan olishi Anqaraning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH qancha kishini qirib tashlagan?..