
Foto: «Mixnews.lv»
Finlyandiyaning Turku va Xelsinki shaharlari aholisi noma’lum dori tufayli ommaviy ravishda halok bo‘la boshladilar. Bu haqda Yle nashri xabar bermoqda.
Finlyandiyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan politsiya aprel oyida Turkuda yoshlar orasida giyohvand moddalar bilan bog‘liq beshta o‘lim haqida xabar berdi. Yle nashri o‘nta o‘lim holati haqida xabar tarqatdi. Finlyandiyaning Turun Sanomat gazetasining yozishicha, toksik dorilar Xelsinkida 50 ga yaqin odamning umriga zomin bo‘lgan.
A-klinikkasäätiö fondi qora bozorda sotiluvchi hayot uchun xavfli bo‘lgan dorilar haqida ogohlantirdi. Mutaxassislar ularning tarkibida anesteziologiyada ishlatiluvchi opioid analgetik, fentanil borligini aniqlashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar