23:25 / 03.05.2021
1 441

Bayden Putin bilan munosabatlarni barqarorlashtirish masalasini muhokama qilish niyatida ekani ma’lum qilindi

Bayden Putin bilan munosabatlarni barqarorlashtirish masalasini muhokama qilish niyatida ekani ma’lum qilindi

Foto: REUTERS/Jonathan Ernst
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki mamlakat munosabatlarini barqarorlashtirish borasida muzokara o‘tkazmoqchi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirishga intilmaydi, ammo nodo‘stona deb hisoblanuvchi harakatlarga javob qaytaradi.

Blinken 28 aprel kuni AQSH va Rossiya prezidentlari muloqotida qator masalalar muhokama qilinishi mumkinligini aytgandi. 
Avvalroq Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya va Amerika yetakchilarining uchrashuvi iyunda bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Aprel oxirlarida Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Jo Bayden Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida Ukrainadagi nizo va Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat mavzusini ko‘tarishi mumkinligini aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Bayden Putin bilan munosabatlarni barqarorlashtirish masalasini muhokama qilish niyatida ekani ma’lum qilindi