20:12 / 04.05.2021
2 463

Qirg‘iziston prezidenti qozog‘istonlik tadbirkorni o‘zining maslahatchisi etib tayinladi


Foto: Tengrinews
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qozog‘istonlik tadbirkor va sanoatchi Almaz Ibragimovni o‘zining ko‘ngilli maslahatchisi etib tayinladi, deb yozmoqda Tengrinews.

Almaz Ibragimov Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida tug‘ilgan, uzoq yillar davomida u Qozog‘istondagi yirik sanoat korxonalarining top-menejeri bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Almaz Ibragimov turli yillarda Kaskelen shahridagi (Qozog‘iston) «Polimer» zavodining direktori, «Pavlodar aluminiy zavodi» OAJning bosh direktori, «Qozog‘iston aluminiysi» OAJ va «Qozog‘iston elektroliz zavodi» OAJning prezidenti lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Qozog‘iston iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Almaz Ibragimov «Hurmat» va «Vatan» ordenlari bilan mukofotlangan, shuningdek, u I va III darajali «Bars» ordeni va «Yenbek danki» nishonining III darajali sohibi hisoblanadi hamda Qozog‘iston mineral resurslari akademiyasining faxriy akademigi va S.Toraygirov nomidagi Pavlodar davlat universitetining faxriy professori unvoniga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti qozog‘istonlik tadbirkorni o‘zining maslahatchisi etib tayinladi