
Janubiy Manchester shahridagi musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyi davomida ro‘za tutadi. 38 yoshli serjant Kevin Gammond Ramazon oyida musulmon hamkasbi 34 yoshli serjant Qosim Hanifni qo‘llab-quvvatlash uchun ro‘za tutishni boshlagan.
"Ro‘zadan oldingi kunlarda Qosim bu haqda gapirganida men shunchaki "men ham sizlar bilan birga ro‘za tutaman" deb aytgan edim", — deydi musulmon bo‘lmagan politsiyachi.
Garchi u ertalabki kofeni sog‘inmib, kechki ovqatini kechroq tanovul qilsa-da, Gammond Ramazon oyi davomida ro‘za tutishga ahd qilgan.
Serjant Hanif do‘stining qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdor va uning sodiqligini yuqori baholab: "Men Kevinning ro‘zasini juda qadrlayman, chunki biz kichik idorada ishlaymiz va uning tushlik qilayotganini ko‘rish qiyin bo‘lar edi!" — deydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar