Foto: Reuters
AQSHning Moderna kompaniyasiga tegishli preparat chorshanba kuni Vashingtonda pandemiya tufayli videoaloqa orqali bo‘lib o‘tgan Butunjahon vaksina kongressida (World Vaccine Congress Washington 2021) dunyoda COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vaksina deb tan olindi.
Infeksiya tarqalishidan oldin har yili Vashingtonda o‘tkazilgan forumda Moderna preparati «COVID’ga qarshi eng yaxshi vaksina» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. AQSHning Pfizer kompaniyasi germaniyalik sherik BioNTech bilan birgalikda ishlab chiqqan vaksina esa «juda yuqori baholandi». Nominatsiyalar qisqa ro‘yxatiga «Sputnik V», shuningdek AstraZeneca Britaniya-Shvetsiya kompaniyasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan preparat ham kiritildi.
Moderna, shuningdek, «Vaksinalar uchun eng yaxshi yangi texnologiya/platforma» mukofotiga sazovor bo‘ldi. BioNTech bu nominatsiyada ham «juda yuqori baho oldi».
Ko‘p yillardan buyon Butunjahon vaksina kongressida preparatlar ishlab chiqish va tarqatish bilan shug‘ullanadigan xalqaro ekspertlar va olimlar ishtirokida turli konferensiyalar o‘tkazilib kelinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi