Yer aholisining 2 foizi koronavirus yuqtirdi. Ma’lum qilinishicha, 7 mlrd 795 mln kishidan 156 mln kishi kasallikka chalingan.
Eng ko‘p kasallik yuqtirganlar ulushi aholisi nisbatan oz mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Andorrada aholining 17 foizi, Chernogoriyada 15,7 foizi koronavirus yuqtirgan.
Hozirda ayrim mamlakatlarda pandemiyaning uchinchi to‘lqini qayd etilgan bo‘lsa, ayrim davlatlarda to‘rtinchi to‘lqin haqida aytilmoqda.
Kasallik yuqtirish holatlari yanvar boshlarida keskin avj olgandi. O‘shanda sutkasiga 800 mingdan ortiq holat qayd etilgandi. Ammo keyinroq bu ko‘rsatkich qariyb ikki baravarga kamaydi.
Bahor kelishi bilan esa kasallik yuqtirish holatlari yana o‘sdi. 29 aprel kuni bir sutkada 904,7 mingta holat qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi