22:23 / 10.05.2021
2 499

Uyini o‘g‘ri urib ketdi deb o‘ylagan ayolning xonadonini aslida iti vayron qilgani ma’lum bo‘ldi


Foto: Legion Media
24 aprel kuni Tennesi shtatida istiqomat qiluvchi ayol uyiga qaytib, xonadonga o‘g‘ri tushganiga guvoh bo‘lgan — hamma joyda oq momiq parchalari yotgan, uyda tartibsizlik hukmron bo‘lgan. Tez orada u gap boshqa yoqdaligini — barchasi Bo laqabli iti aybdorligini payqab qolgan, deb yozadi Esquire.

Boning egasi 51 yoshli Viki Sheltonning Metro nashriga ma’lum qilishicha, uyiga qaytganida uni itlari kutib olgan. Shundan so‘ng Bo tartibsizlikning o‘rtasiga o‘tirib, dumini likillata boshlagan. U o‘zini juda mamnundek tutgan. Uy egasi shunda barchasini tushunib yetgan.

Foto: Legion Media
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ikki yoshli it divanni butunlay yakson qilgan va momiqlarni uy bo‘ylab sochib tashlagan.
«Divanni olganimizga to‘rt oygina bo‘lgandi. Bo unda tez-tez uxlab turardi, bu aynan uning ishi. Unga divan yoqardi. Men ishda edim va uy hayvonlari uchun mo‘ljallangan kamera xonadonda nimadir sodir bo‘layotganidan ogohlantirdi. Bo o‘zini odatdagidek tutyapti deb o‘yladim. U divanimni vayron qilishini hatto tasavvur ham qilolmadim», — deydi Viki.

Foto: Legion Media
Vikining ta’kidlashicha, uyni tozalashga ikki soat ketgan, shuningdek, butun momiqdan qutulish uchun oltita ulkan chiqindi paketi kerak bo‘lgan.

Ertasi kuni uy egasi ishga ketayotib, Boni o‘g‘lining xonasiga qamab ketishga qaror qilgan. Shu bilan birga, uni katta qafasga joylashtirgan. Biroq Bo qafasni va xona eshigini buzgan.

Foto: Legion Media
«Qafasni o‘g‘limning xonasiga qo‘yib, eshikni yopdim. Tinchlantiruvchi ovozga ega ko‘rsatuvni, ventilatorni yoqib ketdim, o‘yinchoqlarini uning yoniga qo‘ydim. Uning kuni yaxshi o‘tadi deb o‘yladim. Ishdan qaytganimda esa u eshik qarshisida turardi. O‘g‘limning eshigida ulkan teshik paydo bo‘lgan, qafas esa g‘ajib tashlangan. U og‘zini yirtib olgan bo‘lishi mumkin deya vahimaga tushib, veterinarga olib bordim. Ammo unga hech narsa qilmagandi», — deydi Viki.

Veterinarning Sheltonga tushuntirishicha, it egasidan ajralgach, kuchli tashvishni boshidan kechirmoqda. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu muammo koronavirus pandemiya vaqtida ortib ketgan, chunki ko‘pchilik kuni bilan uyda bo‘lgan va birdaniga yana ishga chiqib ketgan. Veterinal Boga tinchlantiruvchi tabletkalar yozib bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uyini o‘g‘ri urib ketdi deb o‘ylagan ayolning xonadonini aslida iti vayron qilgani ma’lum bo‘ldi