Foto: KYODO
Yaponiyaning COVID-19ga qarshi ilk vaksinasi joriy yil oxirigacha umumiy foydalanishga tayyor bo‘lishi mumkin. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, birinchi vaksina mamlakatning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri Shionogi tomonidan ishlab chiqarilgan, o‘tganyilning dekabridan beri klinik sinovlar davom etib kelayotgan edi.
Yaponiya hukumati o‘tgan yili jami 310 million doza uchun AstraZeneca, Moderna va Pfizer va BioNTech kompaniyalari bilan shartnomalar imzolagandi. Hozirda Yaponiya aholisi faqat Pfizer vaksinasi bilan emlanmoqda.
Yaponiyaning KM Biologics kompaniyasi korporativ boshqaruv departamenti xodimi Akmal Rajabov Kun.uz’ga bergan intervyusida tibbiyot va farmatsevtikada ilg‘or bo‘lgan yapon kompaniyalari uzoq muddatli xavfsizlikni juda muhim deb hisoblaganlari uchun vaksina samaradorligini pasaytirmagan holda boshqa vaksinalarda obdon sinovdan o‘tgan texnologiya asosida ishlashayotganini aytgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, buning uchun kamida 3 yil vaqt sarflanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Pfizer/BioNTech’ning BNT162b2 vaksinasi uchinchi bosqich sinovlaridan keyin 95 foiz samaradorlik ko‘rsatgan, Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi samaradorligi 92 foiz, Amerikaning Moderna kompaniyasi vaksinasi samaradorligi 94,1 foiz, AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi samaradorligi 70 foiz samarali ekanligi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi