14:05 / 16.05.2021
1 585

Isroil HAMAS maxsus operatsiyalari shtabi boshlig‘ining uyiga zarba berdi (video)

Isroil HAMAS maxsus operatsiyalari shtabi boshlig‘ining uyiga zarba berdi (video)

Isroil G‘azo sektorida HAMASning «Al-Farkain» batalyoni qo‘mondoni Holid Manamaraning uyiga zarba berdi, deb yozadi «RBK» Isroil armiyasi Twitter’iga tayanib.
«Isroil Mudofaa armiyasi qiruvchi samolyoti HAMAS terrorchilik tashkilotining ‘Al-Farkain’ batalyoni komandiri Holid Manamaraning uyiga zarba berdi», — deyiladi xabarda.
Harbiylar qayd etishicha, Isroil G‘azo sektorida HAMAS ob’ektlariga hujum qilishda davom etmoqda.

Avvalroq Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi HAMAS siyosiy byurosi rahbarining o‘rinbosari Xalil al-Xaiyning uyiga zarba bergani xabar qilingan edi. Isroil Mudofaa armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu bino «terrorchilik infratuzilmasi» sifatida qo‘llanilgan.

Shuningdek, 15 may kuni Isroil kuchlari G‘azoda HAMAS harbiy razvedkasi foydalangan ko‘p qavatli binoni vayron qildi, u yerda Al Jazeera telekanali va Associated Press agentligi kabi OAVlarning idoralari ham joylashgan edi.

Falastin-Isroil nizosining 2014 yildan buyon kuzatilgan eng kuchli avj olishi may oyida Isroil hukumatining Quddusda bir qator arab oilalarini ko‘chirib yuborish qaroridan keyin boshlandi. Bu noroziliklarni keltirib chiqardi hamda Quddusda arab namoyishchilar va Isroil politsiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.

Vaziyatga HAMAS aralashdi. Isroil uning politsiyani olib ketish haqidagi talablarini bajarmaganidan keyin, guruh raketalar otishni boshladi. Bunga javoban Isroil G‘azo sektorini o‘qqa tutdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Isroil HAMAS maxsus operatsiyalari shtabi boshlig‘ining uyiga zarba berdi (video)