AQShning Qozog‘istondagi elchixonasi bugun o‘z binosiga LGBT bayrog‘ini osib qo‘ydi. Elchixonaning Feysbukdagi sahifasida aytilishicha, ushbu bayroq Xalqaro gomofobiya, bifobiya va transfobiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan osilgan. Elchixona Qozog‘istonda LGBT a’zolari kamsitilayotganini aytib, bundan xavotir bildirgan.
“Barcha, jumladan, LGTB a’zolari jamiyat hayotida har tomonlama va faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur”, – deyiladi AQSh elchixonasi bayonotida.
Amerikalik diplomatlarning “bayroq” tashabbusi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Bir qator foydalanuvchilar elchixonaning yonida masjid joylashganini ta’kidlab, kamalakrang bayroqning osilishini provokatsiya deb hisoblamoqda.
AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp Amerika elchixonalarida LGTB bayrog‘ini osishni taqiqlab qo‘ygandi. Hozirgi prezident Jo Bayden ma’muriyati esa taqiqni bekor qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Global Janub kimniki?
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi