
Amerikalik demokrat senator Berni Sanders Falastin va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishni ko‘zda tutuvchi rezolyutsiya loyihasini Senatga taqdim edi. Bu haqda “Yevronyus” xabar bermoqda.
«12 nafar beayb isroillikning halok bo‘lishi chinakam fojia, – dedi Sanders Senatdagi nutqida. – Xo‘p, 64 nafari bolalar va 38 nafari ayollardan iborat 227 falastinlikning halok bo‘lishi fojia emasmi?»
Demokratlar partiyasining obro‘li vakillaridan hisoblanmish Sanders o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishni ko‘zda tutuvichi rezolyutsiya loyihasini Senatga taqdim etar ekan, prezident Jo Bayden va respublikachilarni tanqid qildi. U Isroilning G‘azodagi hujumlariga e’tibor qaratib, ham Isroil armiyasi, ham XAMAS tinch aholining hayotini xavf ostiga qo‘yayotganini aytdi.
«Men isroilliklarning o‘limi uchun ham, falastinliklarning o‘limi uchun ham motam tutishimiz kerakligiga ishonaman», – dedi Sanders.
U oxirgi hujumdan avval ham G‘azoda vaziyat og‘ir bo‘lganini, hujumlar esa vaziyatni yanada og‘irlashtirganini va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi.
Berni SandersFalastin IsroilDemokratlar PartiyasiO‘t Ochishni To‘xtatishPrezident Jo BaydenG‘azodagi Vaziyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar