16:30 / 28.05.2021
3 167

Bir yilda 7,7 million o‘lim: eng ko‘p «chekuvchi» mamlakatlar o‘ntaligi aytildi


31 may kuni nishonlanadigan Butunjahon tamaki kuni arafasida olimlar dunyodagi eng ko‘p «chekuvchi» mamlakatlar o‘ntaligini e’lon qildi.

1990 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan global so‘rov The Lancet tibbiy jurnali saytida e’lon qilingan.
Tadqiqotda dunyodagi 204 mamlakatdan olingan 3625 ta so‘rovnoma natijalari batafsil tahlil qilingan.

Eng ko‘p «chekuvchi» o‘nta mamlakat qatoriga Xitoy, Hindiston, Indoneziya, AQSH, Rossiya, Bangladesh, Yaponiya, Turkiya, Vetnam va Filippin kirgan. Dunyoda har uchinchi kashanda Xitoyda yashaydi.

Statistika shuni ko‘rsatadiki, butun dunyoda chekuvchilar soni o‘sib bormoqda va 2019 yilda ular 1,1 mlrd kishini tashkil etgan.
Chekish dunyo bo‘ylab har yili 7,7 million o‘limga sabab bo‘ladi, shu jumladan har beshinchi o‘lim erkaklar orasida sodir bo‘ladi.

Shuningdek, har besh erkakdan bittasi, ayollar orasida esa har yigirmadan biri chekishni odat qilgan.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, chekish epidemiyasiga qarshi kurashish uchun, mamlakatlar tamaki mahsulotlariga nisbatan soliqlarni ko‘paytirishni o‘z ichiga olgan bir qator samarali tamaki siyosatini amalga oshirishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir yilda 7,7 million o‘lim: eng ko‘p «chekuvchi» mamlakatlar o‘ntaligi aytildi