Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakati bilan tinchlikka erishish masalalari bo‘yicha umumiy reja ishlab chiqdi. Bu haqda Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisi Said Toyyib Javod ma’lum qildi.
"Bizda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha umumiy reja bor, ammo tinchlikka har ikki tomon murosasi orqali erishish kerak bo‘ladi. Tinchlik – bu murosa qilish, narigi tomonning nuqtai nazarini qabul qilish", dedi u.
Elchi shuningdek, Afg‘oniston hukumati qanday masalalarda murosaga tayyor emasligini ham aytdi.
"Biz afg‘on fuqarolarining fundamental huquqlari – saylov, siyosiy jarayonlarda qatnashishi masalalarida murosaga bormaymiz. Ayollar uchun esa ta’lim olish va erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lish borasida", - dedi u.
Uning ta’kidlashicha, toliblar "boshqa afg‘onlar bilan birgalikda bir ovozga ega bo‘lishi kerak", ammo ular barcha afg‘onlarni faqat ularning qoidalari bo‘yicha yashashga majburlamasliklari lozim.
"Toliblar shunday yashashni xohlashlari ularning huquqi. Ammo ular qolgan aholini ham o‘zlariga bo‘ysunishga va ularning qoidalari asosida yashashga majbur qilmasliklari kerak", - dedi elchi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?