Foto: AP Photo / Hasan Jamali
30 maydan Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi sababli 11 mamlakatdan qirollikka kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlamoqda. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, BAA, Portugaliya, AQSH, Fransiya, Shvetsiya, Shveysariya, Yaponiyadan qirollikka kelishga ruxsat berildi. "Ularga nisbatan sanitar karantin qo‘llaniladi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu mamlakatlarda pandemiya barqaror va samarali nazorat qilinayotgani sababli ushbu qaror qabul qilingan.
Saudiya Arabistoni 3 fevralda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 20ta mamlakatdan qirollikka kirishni to‘xtatgandi.
Qirollikda dekabr oxiridan 17 maygacha qat’iy karantin choralari amal qildi. 17 maydan boshlab koronavirusga qarshi emlanganlarga mamlakatdan chiqishga ruxsat berildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi