22:30 / 29.05.2021
2 478

Saudiya Arabistoni 11 mamlakatdan qirollikka kirish taqiqini olib tashlamoqda


Foto: AP Photo / Hasan Jamali
30 maydan Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi sababli 11 mamlakatdan qirollikka kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlamoqda. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, BAA, Portugaliya, AQSH, Fransiya, Shvetsiya, Shveysariya, Yaponiyadan qirollikka kelishga ruxsat berildi. "Ularga nisbatan sanitar karantin qo‘llaniladi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu mamlakatlarda pandemiya barqaror va samarali nazorat qilinayotgani sababli ushbu qaror qabul qilingan.
Saudiya Arabistoni 3 fevralda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 20ta mamlakatdan qirollikka kirishni to‘xtatgandi.

Qirollikda dekabr oxiridan 17 maygacha qat’iy karantin choralari amal qildi. 17 maydan boshlab koronavirusga qarshi emlanganlarga mamlakatdan chiqishga ruxsat berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni 11 mamlakatdan qirollikka kirish taqiqini olib tashlamoqda