
«Ikki haftadan keyin prezident Putin bilan Jenevada uchrashaman va unga biz inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz hamda bunga nisbatan qo‘l qovushtirib o‘tirmasligimizni bildirib qo‘yaman», deb Baydenning so‘zlarini keltirib o‘tgan Reuters axborot agentligi.
Putin va Bayden Jenevada 16 iyunda uchrashishi kutilmoqda. Kremlning xabar qilishicha, tomonlar uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollarini, strategik barqarorlik va xalqaro dolzarb masalalarni, jumladan, koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik va hududiy ixtiloflarni tartibga solishni muhokama qiladi.
Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining ma’lum qilishicha, Vashington Moskva bilan munosabatlarda «barqarorlikni» tiklashga intilmoqda. Uning ta’kidlashicha, AQSH tomoni o‘zaro ziddiyatlar mavjudligi sababli uchrashuv «murakkab» o‘tishini kutmoqda. Shuningdek, uchrashuvda Ukraina va Belarus mavzulari ham ko‘tariladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar