KXDRning haqiqiy dushmani — bu AQSH, Janubiy Koreya emas. U shunchaki ittifoqdoshidan «foydalanmoqda», deyiladi Koreya Markaziy Telegraf agentligida chop etilgan xalqaro siyosatga oid maqolada.
«Janubiy Koreyadan foydalangan holda o‘z maqsadini amalga oshirishni rejalashtirayotgan Qo‘shma Shtatlar — bu ko‘zlarini o‘z barmoqlari bilan o‘yib olmoqchi bo‘lgan odamning bema’ni harakatiga o‘xshaydi», — deb yozadi agentlik siyosiy sharhlovchisi Kim Myong Chol.
Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya rasmiylari o‘zlarining «tajovuzkor ambitsiyalari»ni aniq ochib berishgan.
Aytish joizki, Donald Tramp ma’muriyati davrida uch marta oliy darajada sammitlar o‘tkazildi, ammo ularda biror inqilobiy qaror va kelishuvlar ko‘zga tashlanmagan.
Avvalroq, KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatdagi so‘nggi yillardagi vaziyatni «tarixdagi eng qiyini» deb ta’riflagani ma’lum qilingandi. Yevropaning maxsus tahlilchilariga ko‘ra, bu bayonot shimollik liderning «taslim» bo‘lganini yoki KXDRda chuqur iqtisodiy inqiroz yaqinlashayotganini anglatishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi