12:53 / 31.05.2021
4 039

Shimoliy Koreyaning «eng ashaddiy raqibi» qaysi davlat ekani aytildi


KXDRning haqiqiy dushmani — bu AQSH, Janubiy Koreya emas. U shunchaki ittifoqdoshidan «foydalanmoqda», deyiladi Koreya Markaziy Telegraf agentligida chop etilgan xalqaro siyosatga oid maqolada.

«Janubiy Koreyadan foydalangan holda o‘z maqsadini amalga oshirishni rejalashtirayotgan Qo‘shma Shtatlar  — bu ko‘zlarini o‘z barmoqlari bilan o‘yib olmoqchi bo‘lgan odamning bema’ni harakatiga o‘xshaydi», — deb yozadi agentlik siyosiy sharhlovchisi Kim Myong Chol.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya rasmiylari o‘zlarining «tajovuzkor ambitsiyalari»ni aniq ochib berishgan.
Aytish joizki, Donald Tramp ma’muriyati davrida uch marta oliy darajada sammitlar o‘tkazildi, ammo ularda biror inqilobiy qaror va kelishuvlar ko‘zga tashlanmagan.

Avvalroq, KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatdagi so‘nggi yillardagi vaziyatni «tarixdagi eng qiyini» deb ta’riflagani ma’lum qilingandi. Yevropaning maxsus tahlilchilariga ko‘ra, bu bayonot shimollik liderning «taslim» bo‘lganini yoki KXDRda chuqur iqtisodiy inqiroz yaqinlashayotganini anglatishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreyaning «eng ashaddiy raqibi» qaysi davlat ekani aytildi