23:28 / 05.06.2021
3 231

Putin Rossiya dollardan voz kechmoqchi emasligini aytdi


Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQSH dollaridan butunlay voz kechmoqchi emasligini aytdi, deb xabar bermoqda REGNUM.
«Agar dollar haqidagi gaplarimni biz undan zaxira valyuta yoki universal hisob-kitob vositasi sifatida voz kechishni istayapmiz, deb tushungan bo‘lsangiz, unday emas», — dedi Putin.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u AQSH hukumati dollardan sanksiyaviy chora sifatida foydalanayotgani haqida gapirgan. Masalan, Rossiya hamkorlari bilan harbiy-texnik sohada dollarda hisob-kitob qila olmaydi, chunki bunga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.

Shu bois Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda boshqa valyutalarga o‘tishga majbur.
«Amerikalik sheriklarimiz bizni bunga majbur qilyapti. Biz o‘z xohishimiz bilan emas, majburan shunday qilyapmiz», — dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, AQSH bu harakati bilan o‘ziga o‘zi zarar bermoqda, chunki dollarda hisob-kitob qilish ishonchli emas.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo