19:23 / 16.06.2021
2 900

Putin o‘zini «qotil» deya atagan Bayden bilan uchrashdi


AQSH prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jenevada uchrashdi. Bu haqda «Reuters» xabar qildi.
«Biz ushbu uchrashuvdan katta natijalarga erishishni kutmayapmiz»,— dedi AQSHning yuqori martabali amaldorlari jurnalistlarga.

«Men biron bir kelishuvga erishilishiga amin emasman»,— dedi Putinning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov ham.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda AQSH-Rossiya munosabatlari eng quyi pog‘onaga tushib ketgani aytiladi. 2014 yil Qrimning qo‘shib olinishidan boshlangan sovuq munosabatlar, Navalniyning zaharlanishi, kiberhujumlar fonida yanada yomonlashib bordi.

Har ikki mamlakat o‘z elchilarini chaqirib oldi. Bundan tashqari, Ukraina, Suriya mojarolaridagi turli yondoshuv ham vaziyatni keskinlashtirmoqda.

Shu yilning mart oyida jurnalistning «Putinni qotil deya hisoblaysizmi?» degan savoliga Bayden «ha» deya javob bergan, bu esa Rossiya siyosiy doiralari g‘azabini qo‘zg‘agandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin o‘zini «qotil» deya atagan Bayden bilan uchrashdi